AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri Turkiya universiteti faxriy professori bo`ldi

'Sog`liqni saqlash vaziri Turkiya universiteti faxriy professori bo`ldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri A.Inoyatovga mamlakatlarimiz o`rtasida tibbiy ta`limni rivojlantirishga qo`shayotgan hissasi uchun Turkiya Sog`lik bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, o`quv yurti rektori, professor Javdat Erdol uchrashuv chog`ida Sog`lik bilimlari universitetining O`zbekiston tibbiyoti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishdagi alohida sa`y-harakatlari uchun vazirga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Turkiyaning Sog`lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etilishi xabar qilingan edi. Unga ko`ra, ta`limning ikki yili O`zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.


 


 

 

    Boshqa yangiliklar