AsosiyJamiyat

⚡️ Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi... Hududlar ta`tilni uzaytirishda davom etmoqda

'⚡️ Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi... Hududlar ta`tilni uzaytirishda davom etmoqda'ning rasmi

Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasida ham bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Bungacha ushbu hududlarda 18 yanvargacha etib belgilangan edi.

O`quv mashg`ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Buxoro, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar