1

DXX:Navoiyda Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg narkotik modda musodara qilindi

Jinoyat 19.01.2023, 19:12
DXX:Navoiyda Tojikistondan  keltirilgan qariyb 5 kg narkotik modda musodara qilindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ko`p bosqichli tezkor tadbir o`tkazildi.

Dastlab Karmana tumanida joylashgan «Samarqand muntazam» YPX maskanida «Spark» rusumli avtomashina to`xtatilib tekshirilganda, unda yo`lovchi sifatida ketayotgan, Urganch tumanida yashovchi, 1999 y.t., muqaddam sudlangan A.B.ning yonida 992 gr. "gashish" moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u narkotik moddani Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 y.t., muqaddam sudlangan T.M.dan sotib olganligi ma`lum bo`lib, u ham qo`lga olindi.

O`z navbatida ushbu narkosavdogar ajal og`usini Samarqand shahrida yashovchi fuqarolardan xarid qilganligi aniqlandi va uning ishtirokida nazorat ostida olish tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazildi.

Jumladan, Samarqand shahrida yashovchi, 1991 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog`liq jinoyati uchun sudlangan ayol X.X. va uning turmush o`rtog`i, 1982 y.t. X.F. 2 kg 966 gr. "gashish" moddasini 21 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida Bulung`ur tumanida yashovchi, 1985 y.t. X.M. ham 954 gr. "opiy" moddasini Samarqand shahrida sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Ta`kidlash lozimki, ushbu giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan keltirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasida 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1