AsosiyJamiyat

Qozog`istonda 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqiqatdan yiroq — O`zbekiston SSV

'Qozog`istonda 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqiqatdan yiroq — O`zbekiston SSV'ning rasmi

Sal avval Qozog`istonning Olmaota shahrida 18 kishi “Seftriakson" antibiotikidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi va mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi bu ma`lumotni rad etdi. 

“Seftriakson"ga nisbatan ko`ngilsiz reaksiyalar bo`yicha bemorning o`limi bilan tugagan holatlar qayd etilmagan. Qozog`iston SSV Tibbiy va farmasevtik nazorat qo`mitasiga va uning Olmaota shahri bo`yicha hududiy departamentiga bunday shikoyatlar kelib tushmagan”, — deya izoh bergan edi Qozog`iston SSV.

Ayni paytda O`zbekiston Cog`liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassisi Sabohat Hayitova xavotirga o`rin yo`qligini bildirdi.

"Qozog`istonda "Seftriakson"dan 18 kishi vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq". Seftriakson" preparati shamollash, gripp kabi virusli infeksiyalarga qarshi qo`llanilganda yomon ta`mir ko`rsatmaydi. Dori shifokor resepti asosida beriladi va shifokor nazorati ostida foydalaniladi. Uni uy sharoitida shifokor nazoratisiz qabul qilish mumkin emas. O`zbekiston hududiga kirib kelgan har bir "Seftriakson" preparati labaratoriya tekshiruvidan o`tkazilib, keyin sotuvga chiqariladi. Fuqarolarimizga xavotirga o`rin yo`qligini bildiramiz", - deydi mas`ul mutaxassis. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar