AsosiyDunyo

Moskva — Goa yo`nalishidagi reys portlatib yuborish tahdidi tufayli O`zbekistonga yo`naltirildi

'Moskva — Goa yo`nalishidagi reys portlatib yuborish tahdidi tufayli O`zbekistonga yo`naltirildi'ning rasmi

Azur Air aviakompaniyasining Perm-Goa reysi bomba tahdidi tufayli O`zbekistonga yo`naltirildi, deya xabar qildi Hindiston fuqaro aviasiyasi vazirligiga tayanib TASS. 

“Samolyotga bomba o`rnatilgani haqida elektron pochta xabari kelib tushganidan so`ng mahalliy vaqt bilan soat 12.30 da Dabolim aeroporti direktori tomonidan reys boshqa joyga yo`naltirildi”, - deb xabar berdi Hindistonning ANI agentligi.

Rasmiylarga ko`ra, samolyot bortida 240 ga yaqin odam bo`lgan.

Qayd etilishicha, bunday holat ikkinchi marta kuzatilmoqda. 9 yanvar kuni Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasining Moskva-Goa yo`nalishida 244 nafar yo`lovchi va ekipaj a`zolari bilan parvoz qilayotgan samolyoti bortidagi yolg`on bomba xabari tufayli Hindistonning Gujarat shtatiga favqulodda qo`nishni amalga oshirgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot homilador ayolning muddatidan avval boshlangan dardi tufayli Samarqandga favqulodda qo`ngan edi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar