1

Jizzaxda ommaviy mushtlashuv sodir etildi

Jinoyat 22.01.2023, 17:28
Jizzaxda ommaviy mushtlashuv sodir etildi

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyati  Zomin tumanida ro`y berganligi bildirilgan janjalning videotasvirlari tarqaldi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. 

Unda aytilishicha, 2023 yil 21 yanvar soat 21 lar atrofida Zomin tumani Dashtobod shahri O`zbekiston mahallasidagi ovqatlanish shoxobchasida bir necha shaxs mushtlashgan. Kelishmovchilikka Beruniy mahallasida yashovchi A.U., S.K. hamda O.R. larning eyilgan taom uchun haq to`lamaganliklari sabab bo`lgan. 

Xabarda ma`lum qilinishicha, hodisa sodir bo`lgan kunning o`zida ayrim jabrlanuvchilar shifoxonada tibbiy yordam olgan. O`z navbatida holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovga qadar  tekshiruv o`tkazilmoqda. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko`riladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1