1

«Otamning dastidan kun ko`rmagan onaginam»

Mutolaa 21.09.2016, 17:14
Teglar: Yuragimda saqlaganlarim, Ayol
«Otamning dastidan kun ko`rmagan onaginam»

— Dadamni yomonlash niyatim yo`q, padarga tik gapirish ham gunohligini bilaman. Lekin nima qilay, onamni ko`rib yuragim ezilib ketyapti, — dedi tahririyatga qo`ng`iroq qilgan muxlisamiz Umida…

— Oilada uch qiz, bir o`g`ilmiz. Bolaligimdagi xotiralar «o`g`il tug`mading, faqat qiz tug`asan» degan janjallar bilan bog`liq. Nihoyat onam ukamni dunyoga keltirdiyu, biroz qulog`i tinchidi. Lekin sog`lig`idan ayrildi. Chunki shifokorlar onamga «homilador bo`lishingiz umuman mumkin emas», degan ekan. Lekin onam sho`rlik oilasini asrab qolish, biz — qizlarni tirik etim qilmaslik uchun hayotini xavfga qo`yishga ham rozi bo`lgan.

Ukam dunyoga kelguncha onam ikki marta jarrohlik operasiyasini boshidan o`tkazgan, ukam tug`ilgandan so`ng yana ikki marta jarroh stoliga yotishga majbur bo`ldi. Hozir buyragida o`smasi bor. Lekin, afsuski, dadam onamning kasalmandligini bilib turib ham avaylamaydi. Aksincha, uydagi barcha og`ir ishlar onamning zimmasida. Turmushga chiqmasimdan avval ko`p ishlarni men qilardim. Hozir onam mensiz ancha qiynalib qolgan. Buyragidagi o`smasini operasiya qildirishga dadam ruxsat bermayapti. Dadamning qator-qator do`konlari, issiqxonalari bor. Issiqxonalariga odam yollab ishlatadi. Lekin ishchilar ko`p ishlamasdan ketib qolishadi. Eshitishimizcha, dadam ishchilarning xotinlariga, qizlariga tegajog`lik qilarkan. Bundan xabar topgan ishchilar esa ishni tashlab ketisharkan. Eng yomoni, dadam bu ishlarni ataylab qilarkan, ya`ni  oilali odamlarni ishga oladi va pul to`lash vaqti kelganda qiziga yoki xotiniga tegajog`lik qiladi. Bundan xabar topgan erkaklar janjal ko`tarishadi. Dadam esa oyning oxirigacha ishlamading, belgilangan ishlarni bajarmay, tashlab qochayapsan, deb pulini bermas ekan…

Qo`ni-qo`shnilar orqavarotdan «pastkash» deb laqab qo`yib olishgan, hamma ustimizdan kuladi. Haqini ololmagan odamlar necha marta uyimizga kelib janjal ko`tarishganiga guvoh bo`lganman. Dadam ularning o`zini ayblab, haydab soladi. Odamlar esa qarg`ab-qarg`ab ketishadi. Bir-ikki marta talaba yigitlarni ham ishga yollagan va xuddi shunday tuban rejalar tuzib, haqini bermay ishdan haydagan. Ba`zida o`ylab qolaman: shuncha odamni norozi qilgan dadam buning gunohidan qo`rqmas ekanmi?

Odamlarning nazarida boyvachcha bo`lgan dadam uyda o`taketgan xasis. Onam sho`rlikning egni tuzukroq kiyim ko`rmagan. Bizning sarpomizni ham qo`l uchida qilgan, yaxshi hamki, kelin bo`lib tushgan joyim tushungan odamlar, yuzimga solishmaydi. Bu erda qaynona-qaynotamning bir-biriga munosabatini ko`rib, to`g`risi, hayron bo`lganman. Chunki nazarimda er xotiniga umuman yaxshi gapirmasligi kerak edi. Turmush o`rtog`im yaxshi gapirsa ham, shubhalanib turardim, mehribonchiliklaridan esa yig`lab yuborardim. Axir, bir-biriga yaxshi gapirib yashasa ham bo`larkan-ku! Qaynotam qaynonamga umrida qo`l ko`tarmaganini eshitib onamga achinib rosa yig`ladim. Nega mening onamga bu qadar achchiq qismat nasib etdi ekan? 

Onamni o`ylayverib, qiynalib ketdim. Qaynonam bilan birgalikda mazali tansiq taomlar tayyorlasak, onamni eslab tomog`imdan o`tmaydi. Bayramlarda turmush o`rtog`im sovg`alar olib kelsa, yangi liboslarni egnimga ilgim kelmaydi. Onam sho`rlik kun ko`rmay o`tib ketyapti, deb hech narsa tatimaydgan bo`lib qolgan.

Yaqinda singlim qo`ng`iroq qildi, dadam endi onamni issiqxonalarda ishlashga majbur etayotgan emish. Barcha og`ir yumushlar onamning zimmasida ekan. Buyragidagi o`smani oldirish kerakligi haqida gap ochgan ekan, dadam «kasal bo`lishing ham jonimga tegdi, o`lguningcha shu erda ishlab tur, o`lsang qutilaman» deganmish. Onam bechora buyragi xuruj qilsa, og`riqdan ikki bukchayib qolarkan, og`riq o`tib ketsa, yana turib ishlarmish.

Bu gaplarni eshitganimdan keyin dadamdan nafratlanmay nima qilay? Nega onam bu qadar kamsitishlarga chidaydi, nega e`tiroz bildirmaydi deb o`ylab qolaman. Bu savolni onamaga ham berganman. «Nima ham qila olardim, ajrashsam, uchta bola bilan qaerga boraman? Shu yoshda ajrashsam odamlar nima deydi, seni-ku uzatdim, xali singillaringni uzatishim, ukangni uylantirishim kerak», deydi…

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1