1

Qibrayda fuqaro ukasi va IIB xodimlariga pichoq o`qtaldi

Jinoyat 30.01.2023, 22:01
Qibrayda fuqaro ukasi va IIB xodimlariga pichoq o`qtaldi

Qibrayda 19 va 20 yoshlardagi aka-uka urishib, bir biriga pichoq bilan tahdid qildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 26 yanvar kuni, kech soat 20:00larda, Qibray tumani "Yangihayot" MFYda yashovchi fuqaro, shu hududda joylashgan IIB huquq tartibot maskaniga shoshilib keladi va xonadonida janjal bo`layotganini aytib yordam so`ragan. 

Xabarga asosan, tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori fuqaro bilan birga uning uyiga etib boradi. Xonadonda inspektorlar chaqiruv egasining 19 va 20 yoshlardagi o`g`illari urishib, bir biriga pichoq bilan tahdid qilayotganiga guvoh bo`ladilar. Ajratmoqchi bo`lganida, ulardan biri inspektorlarga ham qo`lidagi pichoq bilan tahdid qiladi.

Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida, fuqaro yana janjalni davom ettirib, inspektorning xizmat xonasida bo`lgan qaychini qo`liga olgan va xodimlarga o`qtalib engil tan jarohati etkazgan.

U harakatlarini davom ettirgach, xodimlar xavfsizlikni ta`minlash maqsadida qo`lidagi tig`li jismi olib, unga kishan taqib qo`yganlar.

Oradan biroz vaqt o`tgach ushbu fuqaroda tibbiy atamasi "epilepsiya", ya`ni tutqanoq kasalligi qo`zg`alib u o`zini noodatiy tuta boshlagan. Ayni shu vaqtda, uning oila a`zolari qidirib, huquq tartibot maskaniga kirib keladi.

Voqeani video tasvirga olib, go`yoki IIB xodimlari fuqaroni kaltaklab shu ko`yga soldi, mazmunida izohlaganlar. Lekin, mazkur jarayonda xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilmagan.

Hozirda holat yuzasidan qonuniylikni ta`minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1