AsosiyJamiyat

⚡️Jahongir Ortiqxo`jaevning senatorlik vakolati ham tugatildi

'⚡️Jahongir Ortiqxo`jaevning senatorlik vakolati ham tugatildi'ning rasmi

Jahongir Ortiqxo`jaevni Oliy Majlisi Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarish to`g`risida Markaziy saylov komissiyasining qarori e`lon qilindi.

Unga ko`ra, Toshkent shahridan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Jahongir Ortiqxo`jaevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat a`zosi sifatida o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblandi.

Jahongir  Ortiqxo`jaev Oliy Majlis Senati a`zolari ro`yxatidan chiqarildi.

Eslatib o`tamiz,Prezident Shavkat Mirziyoev 16 yanvar kuni 2018 yil aprelidan buyon poytaxt hokimiyatini boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxo`jaev iste`foga chiqishini ma`lum qildi. “Men uni o`z lavozimidan olib tashladim. Bo`sh gap, yolg`on hisobot, pastga tushmagani uchun, bu uyatsizning oyog`i erdan uzilgani uchun uni ishdan bo`shatdim”, — degan edi davlat rahbari. Mazkur yig`ilish bo`lgan kuni sobiq hokim va uning oilasi “O`zbekiston havo yo`llari”ning HY 271-raqamli reysi bilan Turkiyaning Istanbul shahriga ro`yxatdan o`tgani haqida xabar berildi. 

Shuningdek, sal avval Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi Jahongir Ortiqxo`jaevga minnatdorlik murojaati yo`lladi, bir muddatdan so`ng xabar o`chirilib, u rad etildi. Sal avval esa, Ortiqxo`jaevning deputatlik vakolati ham muddatidan oldin tugatilgan edi. 

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar