AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar uchun Qozog`istonda ro`yxatdan o`tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi

'O`zbekistonliklar uchun Qozog`istonda ro`yxatdan o`tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston hukumatlari o`rtasida o`rtasidagi "Fuqarolarning o`zaro kelib-ketish shartlari to`g`risida"gi Bitimga o`zgartirish kiritilib, O`zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishi, bo`lishi va chiqib ketishi tartibi o`zgardi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Endilikda, O`zbekiston fuqarolari chegarani kesib o`tgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozog`istonda ro`yxatdan o`tmasdan bo`lishi mumkin.

Ammo, umumiy bo`lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya`ni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami bo`lish muddati 3 oydan ko`p bo`lmasligi kerak.

Ushbu yangi qoida Qozog`istonga 2023 yil 27 yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qo`llaniladi.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonga ishlash maqsadida boruvchi O`zbekiston fuqarolari uchun 1 oy davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko`rsatish markazida ro`yxatga kiritib, 3 oy muddat uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

    Boshqa yangiliklar