AsosiyJamiyat

Shaharlararo avtobus chiptalarini elektron sotib olish imkonini beruvchi UzBus ilovasi ishga tushirildi

'Shaharlararo avtobus chiptalarini elektron sotib olish imkonini beruvchi UzBus ilovasi ishga tushirildi'ning rasmi

UzBus mobil ilova orqali foydalanuvchilar "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Unga ko`ra, yo`lovchilar mobil ilova yordamida "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo`nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega.

UzBus mobil ilovasi orqali hozirda Buxoro – Toshkent yo`nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.

Bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar