AsosiyJamiyat

Pokistondagi masjid portlashi qurbonlari soni 60 kishiga etdi (video)

'Pokistondagi masjid portlashi qurbonlari soni 60 kishiga etdi (video)'ning rasmi

Pokiston shimolidagi Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan portlash qurbonlari soni 60 kishiga etgan.

G`arb va mahalliy OAVlar xabariga ko`ra,  157 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Avvalroq, masjidda namoz vaqtida portlash sodir bo`lgani, so`ng bino shifti va devorlari qulagani xabar qilingandi. Ko`p odamlar vayronalar ostida qolgan.

Masjid 250-300 kishiga mo`ljalangan bo`lgan. Lekin portlash bo`lganda masjid hududi va uning yaqinida 400 ga yaqin odam bor edi.

Portlash uchun javobgarlikni  “Texrik-i-Taliban Pakistan” terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olgan.

    Boshqa yangiliklar