AsosiyJamiyat

Hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi

'Hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi'ning rasmi

"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarori (PQ–39-son, 31.01.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko`ra, 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so`m yo`naltiriladi.

2023 yil 1 fevraldan:

- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo`yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

- uzoq muddatga qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er maydonlarini ijaraga olib,  dehqon xo`jaliklari va kichik tadbirkorlik sub`ektlariga 50 mln so`mgacha garovsiz kredit beriladi;

- tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat ko`rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperasiya va kasanachilikni kengaytirishga yo`naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so`mdan 300 million so`mgacha oshiriladi.  

Bunda, tashabbuskor loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;

- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo`lga qo`ygan va kredit to`lovlarini o`z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;

- hokim yordamchisining tavsiyasiga ko`ra kredit summasining 10 million so`mgacha bo`lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so`mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o`tkazib beriladi.

2023 yil 1 iyundan aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma`lumotlar asosida identifikasiya qilish yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar