AsosiyJamiyat

Nukus voqealari bo`yicha qo`lga olingan Po`lat Shamshetov o`limi yuzasidan Maxsus komissiya tekshirish o`tkazadi

'Nukus voqealari bo`yicha qo`lga olingan Po`lat Shamshetov o`limi yuzasidan Maxsus komissiya tekshirish o`tkazadi'ning rasmi

Avvalroq, Qoraqalpog`iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limining sobiq boshlig`i Po`lat Shamshetov Nukus voqealari bo`yicha hukm chiqarilgandan ko`p o`tmay vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat bo`yicha Mustaqil komissiya a`zolari joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, o`lim holati sabablarini, jumladan hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy hulosa va boshqa tegishli hujjatlarni o`rganishadi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada bo`lgan  shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat o`tkaziladi.

O`rganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinishi ma`lum qilinadi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq bo`lim boshlig`i, marhum Po`lat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va o`zi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar