1

Namanganda ekstremistik g`oyalarni targ`ib qilgan virtual guruh etakchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 06.02.2023, 17:51
Namanganda ekstremistik g`oyalarni targ`ib qilgan virtual guruh etakchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Namangan shahrida yashovchi, 1991 y.t. S.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali destruktiv kuchlar ta`siriga tushib qolgan va natijada "Telegram" messenjerida virtual guruh tashkil qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995 yillar oralig`ida tug`ilgan 9 nafar shaxs a`zo bo`lgan.

O`z navbatida S.M. guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lgan "Sodiq Samarqandiy", "Abdulloh Zufar", "Abdulloh Buxoriy, "Mahmud Abdulmo`min", "Abu Saloh"larning "hijrat" va "jihod" to`g`risidagi ma`ruzalarini joylab, guruh a`zolarini Suriyadagi "Tavhid va jihod eatibasi" terroristik tashkiloti safiga qo`shilishga da`vat qilgan.

DXX Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi.

Hozirda holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shuningdek, guruh a`zolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1