Bugun, 20 fevral kuni Turkiyada yana kuchli zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda ayni payt Gaziantep shahar markazida bo`lib turgan muxbirimiz ma`lum qilmoqda.
Mahalliy OAVning ma`lum qilishicha, Hatay viloyatining Defne tumanida Toshkent vaqti bilan soat 22:04 atrofida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.
Soat 22:07 da epimarkazi Hatayning Samandag` tumanida bo`lgan 5,8 magnitudali yana bir zilzila sodir bo`ldi.
Turkiyaning G`oziantep, Adana, Usmoniya va Qahramonmarash viloyatlarida ham ketma-ket silkinishlar sezildi.






