“DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojo`ya ta`siri sababli “o`tkir buyrak etishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
Ulug`bek Egamov Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Shu kungacha agentlik direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug`bek Egamov Prezident qarori bilan direktor bo`ldi.
Qayd etish kerak, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojo`ya ta`siri sababli “o`tkir buyrak etishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
Xususan, ular ichida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariev ham bor.
Ma`lumot o`rnida, Ulug`bek Egamov —1984 yil 1 fevralda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan. 2008 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (kunduzgi), 2016 yilda Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat instituti (kunduzgi) tamomlagan.
Ish faoliyatini 2009 yil O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining etakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
2012-2015 yy. - O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Xalqaro tashkilotlar va donor mamlaktlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring boshqarmasining bosh mutaxassisi.
2015-2016 yy. - Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat instituti magistranti. 2016-2017 yy. - O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bo`limining bosh mutaxassisi.
2017-2018 yy. - O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi savdoni boj-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
2018-2019 yy. - Jizzax viloyati hokimining investisiyalar, innovasiyalar, hususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari.
01.2019y - 03.2019y. - Jizzax viloyati hokimligi investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri.






