AsosiyJamiyat

⚡️DXX telegram kanallari orqali narkosavdo bilan shug`ullangan 20 nafar shaxsni qo`lga oldi (video)

'⚡️DXX telegram kanallari orqali narkosavdo bilan shug`ullangan 20 nafar shaxsni qo`lga oldi (video)'ning rasmi

DXX matbuot xizmatining Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, Yunusobodda yashovchi fuqaroni ovloq joyda do`pposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan.

Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr ko`rgan fuqaro ham aslida “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi kanal a`zosi bo`lishgan.

Ya`ni, jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirig`iga ko`ra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga etkazib berish o`rniga uni o`zboshimchalik bilan o`zlashtirib olgan.

Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o`zlashtirib olgan ko`plab “zakladchik”lar jazolash bilan shug`ullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayon tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSh dollari miqdorida pul bergan.



2022 yilning oktyabr, noyabr hamda 2023 yilning yanvar, fevral oylarida ushbu 20 nafar shaxs qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar