Iqtisodiyot va moliya vazirligi shunday bayonot e`lon qildi.
2023 yil Davlat byudjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun 200,0 mlrd so`m nazarda tutilgan.
“Yanvar oyida magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarning kontraktini qoplab berish yuzasidan xavotirga o`rin yo`qligini ma`lum qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Ta`kidlanishicha, 2022-2023 o`quv yilining birinchi yarmida 12 300 nafar xotin-qizlarning kontraktini qoplab berish uchun 68,3 mlrd so`m sarflangan.






