AsosiyJamiyat

2022 yilda Toshkentning 584 ta mahalladan 157 tasida umuman jinoyat sodir etilmadi — IIBB

'2022 yilda Toshkentning  584 ta mahalladan 157 tasida umuman jinoyat sodir etilmadi — IIBB'ning rasmi

20 fevral kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyat turlari va ulardan himoyalanish usullari” mavzusida brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda 2022 yilda sodir etilgan jinoyatlarning qisqacha tahlili, axborot-texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar turlari va ulardan himoyalanish usullari haqida ma`lumot berildi.

2022 yil davomida poytaxt hududida “Toshkent tajribasi” asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Natijada, poytaxt hududida sodir etilgan jinoyatlar o`tgan yilga nisbatan 10,8 foizga kamayishga erishildi.

Shu jumladan, qasddan odam o`ldirish 18 foizga, qasddan badanga og`ir shikast etkazish 23,6 foizga, nomusga tegish 12,2 foizga, bosqinchilik 25,4 foizga va talonchilik 35 foizga kamaygan.

Toshkent shahridagi 584 ta mahallalardan 157 tasida umuman jinoyat sodir etilmasligiga erishildi.

Bugun esa, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga duch kelmoqdamiz. Va bu jinoyatlarni aniqlash va fosh etish ham o`zgacha yondashuvni talab qiladi.

Aynan ushbu jinoyatlarning yildan yilga ko`payib borayotgani haqida qisqacha ma`lumot beramiz.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Toshkent shahrida

– 2020 yilda axborot texnologiyalari sohasida qayd etilgan jinoyatlar 106 tani tashkil etgan bo`lsa, 

– 2021 yilda bu turdagi jinoyatlar 2 281 tani, 

– 2022 yilda esa ikki baravarga ko`payib 4 332 tani tashkil etdi.

Utgan 2022 yilda sodir etilgan jinoyatlarni 2020 yil bilan taqqoslaydigan bo`lsak, 4 226 ta yoki 40 baravarga ko`payganligini ko`rishimiz mumkin.

Shundan, 2 747 tasi kibero`g`irlik, 625 tasi kiberfiribgarlik va 874 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan giyohvandlik jinoyatlari hisoblanadi.

2022 yilning avgust oyida Muhtaram Prezidentimizning Qarorlari bilan, 

–Toshkent shahar IIBB tarkibiy tuzilmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor qidiruv, tergov, ekspert-kriminalistika bo`linmalaridan iborat “Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi” tashkil etildi.

Ushbu boshqarma “IT” sohasida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan malakali xodimlardan jamlanib, 2022 yil noyabr oyidan boshlab faoliyati yo`lga qo`yildi.

Asosiy yo`nalish sifatida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olish, qarshi kurashish va barham berish etib belgilandi.

Tashkil etilgan boshqarma tomonidan ushbu qisqa vaqt davomida bu turdagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan qator profilaktik tadbirlar o`tkazildi.

Brifingda bosh boshqarma va uning tarkibiy bo`linmalari faoliyati to`g`risida to`liq zarur ma`lumotlar berildi.

    Boshqa yangiliklar