Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi muikin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
22.02.2023 08:12
Bugun harorat 20 darajagacha ko`tariladi






