AsosiyJamiyat

Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish markaziga yangi direktor tayinlandi

'Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish markaziga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Qodirov Mirzoxidjon Muxtarovich vazirlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun, Mirzoxidjon Qodirov shu kungacha dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qo`mitasida etakchi mutaxassis, qo`mita raisi o`rinbosari, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK direktori kabi mas`ul lavozimlarda ishlagan.

    Boshqa yangiliklar