Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida ochiq tanlov va muqobillik asosida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlashga doir masala muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Komilov Sherali Hoshimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg`ona viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Tojiboev Nuriddinjon Yoqubovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Dedamirzaeva Muhayyo Yusupjanovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Ahmedov Furqatali Oktamalievich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Sultonov Rustam Dilshodovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Mirzakarimova Nigoraxon Ibragimovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Bundan tashqari yig`ilishda vakolati yakuniga etgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga tayinlashga doir masala ham ko`rib chiqildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Jo`raeva Dilfuza Ro`zimuratovna – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga;
Kenjabaev Akmal Axmatjanovich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Pop tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Rahimov Davlat Davronovich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimiga;
Sariboev Sanjar Abduvalievich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Sangirov Nodirbek Rahmon o`g`li – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Turdimuradov Jahongir Narziqulovich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga;
Qodirov Alibek Davronovich – sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Boboeva Dildora Norboy qizi – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.






