Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o`g`rilik sodir bo`ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Joriy yilning 21 fevral kuni taxminan soat 12:50 da 1979 yilda tug`ilgan Sh.M. Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998 yilda tug`ilgan I.D.ga tegishli bo`lgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so`m miqdoridagi pullari bo`lgan hamyonini olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (O`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






