Toshkent viloyatida 83 yoshli erkak poezd tagidan o`tib, oyog`idan ayrildi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar berildi.
Voqea joriy yilning 11 fevral kuni Toshkent tumanida sodir bo`lgan. 83 yoshli erkak uyiga borish uchun piyodalar o`tish yo`lagidan foydalanish o`rniga to`xtab turgan yuk poezdining tagidan o`tgan. O`sha vaqtda poezd harakatlanib, oqibatda uning o`ng oyog`i g`ildirak ostida qolib, uzilib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.
16 fevral kuni shunga o`xshash holat Toshkent shahar Yunusobod tumanida sodir bo`lgan. Temiryo`l hududini kesib o`tayotgan 66 yoshli fuqaroni yuk poezdi urib yuborgan. Oqibatda erkak bosh qismidan jiddiy tan jarohati olgan.
Ma`lum qilinishicha, jabrlanganlarning ikkisi ham spirtli ichimliklar iste`moliga odatlangan va voqea sodir bo`lgan kuni ham mast bo`lgan.






