"Qishloq xo`jaligida aholi bandligini oshirish va er uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qarori (PQ–69-son, 23.02.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 maygacha eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta yoki g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:
- qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan har bir gektar er uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta`minlanganda;
- har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to`lash tarzidagi daromad mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo`lmagan miqdorda belgilanganda;
- paxta yoki g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaligi o`tgan yil yakuni bo`yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.
2023 yil 1 apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan ko`p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffisientni qo`llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo`lmagan muddatga to`laydi:
- ️3 qavatli binoga – 0,9;
- ️4 qavatli binoga – 0,8,;
- ️5 qavatli binoga – 0,7;
- ️6 qavatli binoga – 0,6;
- ️7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.






