Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tayotgani ma`lum qilingan edi.
Deputatlar qayd etishganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitusiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.
Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o`zgarishning o`zi etarli emasligi, ya`ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo`la olmasligi aniq ko`rsatilishi kerakligi bildirilgan edi.
Shunga muvofiq, "hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o`zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas" degan qat`iy norma o`rnatilmoqda.






