Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida er qimirlashi sodir bo`lishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy izoh berib, ushbu xabarlarni rad etdi.
“Hurmatli fuqarolarimizdan hech qanday vahimaga berilmasliklarini so`ragan holda, viloyat hududida seysmik xodisalar, er qimirlashi yoki zilzila sodir bo`lishi haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolg`on xabar ekanini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.






