Ukraina va Turkiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyib Erdog`an telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Suhbatda Turkiya etakchisi tinchlikka o`z hissasini qo`shishga tayyorligini ma`lum qildi, biroq “o`t ochishni to`xtatish asosida”.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari Rossiya qo`shinlarining Ukraina hududiga keng ko`lamli bostirib kirganining bir yilligi fonida Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatlari haqida fikr almashgan.
“Turkiya Prezidenti o`z mamlakatining tinchlik o`rnatish va vaziyatni o`t ochishni to`xtatish va muloqot asosida hal etishga qo`shgan hissasini kuchaytirishga tayyorligini ma`lum qildi”, — deyiladi xabarda.






