AsosiyJamiyat

O`zbekistonda metrodan foydalangan yo`lovchilar soni 136,7 mln kishiga etdi

'O`zbekistonda metrodan foydalangan yo`lovchilar soni 136,7 mln kishiga etdi'ning rasmi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017-2022 yillar oralig`ida O`zbekistonda yo`lovchilarni tashish sohasidagi o`zgarishlarni tahlil qildi.

Unga ko`ra,  2017-2022 yillar oralig`ida O`zbekistonda yo`lovchilar tashish va yo`lovchi aylanmasida sezilarli o`sish bo`lgani, 2017 yilda barcha transport vositalari orqali 5 679,0 million kishi o`z manziliga etkazilgan bo`lsa, 2022 yilda bu ko`rsatkich salkam 6 170,8 million kishini tashkil etdi. Yo`lovchi aylanmasi esa 130,0 milliard yo`lovchi-km dan 144,7 milliard yo`lovchi-km ga oshgan.

2022 yilda yo`lovchi tashishda avtomobil transportining ulushi 97,5% ni tashkil qilgan. Agar 2017 yilda 5 591,3 million kishi manzilga etkazilgan bo`lsa, 2022 yilda ularning soni 6 017,5 million kishini tashkil qilgan. Avtomobil transportida yo`lovchi aylanmasi mos ravishda ortib, 117,7 milliard yo`lovchi-km dan 129,2 milliard yo`lovchi-km ga etgan.

2017-2022 yillarda metropolitendan foydalangan yo`lovchilar soni 2 marotaba oshgan va 61,6 million kishidan 136,7 million kishiga etgan. Mutanosib ravishda yo`lovchi aylanmasi ham 459,1 million yo`lovchi-km dan 996,8 million yo`lovchi-km ga ko`paygan.

Havo transporti vositasida tashilgan yo`lovchilar ham mazkur davr mobaynida qariyb 2 barobar oshgan va 2,2 million kishidan 4,1 million kishiga etgan. Yo`lovchi aylanmasi 7,5 milliard yo`lovchi-km dan 10,9 milliard yo`lovchi-km ga ortgan.

2026 yilgacha yo`lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:

  • aholi punktlarining jamoat transporti bilan qamrovini 95% ga etkazish va 278 ta yangi avtobus yo`nalishini ochish;
  • hududlardagi 11 ta xalqaro aeroportning o`tkazish imkoniyatini 2 barobar oshirish va mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushini bosqichma-bosqich 25% gacha oshirish;
  • metropolitenning umumiy uzunligini 157 kilometr, stansiyalar sonini 74 taga etkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar