AsosiyJamiyat

Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

'Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi'ning rasmi

Kuni kecha Denov tumani “Qorabog`” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo`minov ariq qazish jarayonida katta hajmli sopol xum topgani to`g`risida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qildi.

Xumning tarixiylik ahamiyatini o`rganish va restavrasiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelindi.

Dastlabki o`rganish natijalariga ko`ra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar