“O`ztransgaz” Gazli bo`yicha xabarga tuzatish kiritdi.
“Magistral gaz quvurlarida amalga oshirilayotgan montaj ishlari Rossiyadan gaz import qilinishi bilan bog`liq emas”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Ma`lum qilinishicha, payvandlash ishlari respublika janubiy hududlaridagi iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish samaradorligini oshirishga qaratilgan.






