Pokiston janubi g`arbida xudkush terrorchi o`zini portlatib yubordi, deb yozadi Tengrinews.kz DW nashriga tayanib.
Hujum Balujiston provinsiyasi markazi Kvettadan 160 kilometr sharqda joylashgan Sibi shahri yaqinida sodir etilgan. Rasmiylarga ko`ra, xudkush terrorchi motosiklda ketayotgan va orqadan polisiya yuk mashinasiga borib urilgan.
Portlash oqibatida to`qqiz nafar xavfsizlik xodimi halok bo`lgan. Yana 16 kishi jarohatlangan.
Rasmiylarning aytishicha, polisiya bir haftalik chorvachilik ko`rgazmasining xavfsizlikni ta`minlab, qaytayotgan bo`lgan.
Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o`z zimmasiga olmagani xabar qilinmoqda, biroq bu noyabr oyida hukumat va Tolibon o`rtasidagi tinchlik muzokaralari buzilganidan keyin Pokiston polisiyasiga hujumlar kuchaygan bir paytda sodir bo`lmoqda. Balujiston viloyatining o`zi ham Afg`oniston, ham Eron bilan chegaradosh.