Turizm va madaniy meros vazirligi bergan ma`lumotlariga ko`ra, Braziliyaning "Embraer" konglomerati ishtirokida “Aviasiya kelajagi: O`zbekiston. "Embraer kuni” davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Jahon bozorida havo kemalari ishlab chiqarishda etakchilardan biri hisoblangan "Embraer" tomonidan ishlab chiqarilgan 2 000 dan ortiq havo kemalari 70 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilingan hamda 130 dan ortiq aviakompaniyalar tomonidan foydalanilmoqda.
Tadbirda "Embraer" konglomerati vise prezidenti va mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalar, diplomatik korpus vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Prezident Joao Pedro kampaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan havo kemalarini mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalarga qulay shartlarda etkazib berishga tayyorligi bildirilgan hamda kemalarning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida E195-E2 havo kemasini joriy yilning iyun oyida mamlakatimizga olib kelishga kelishib olindi.