AsosiyJamiyat

Bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi (ro`yxat)

'Bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida” qarori imzolandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e`zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo`llab-quvvatlash hamda o`zining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim g`oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o`rnak bo`lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o`zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo`lida bor kuch-g`ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma`naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag`batlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta`lim, fan, adabiyot, san`at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi takliflari ilovadagi ro`yxatga muvofiq ma`qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshirilsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta`minlasin.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste`dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari S.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.Mirziyoev

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R O` Y X A T I

Nietbaeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Abdukarimova Feruza Ulug`bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Muxtarxo`jaeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

G`ayratova Gulzoda San`at qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining 10-sinf o`quvchisi

To`raeva Ma`mura O`ral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchisi

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Raxmatova Dildora Ismat qizi - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo`yicha murabbiysi

Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi - Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi - O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xudoyorova Farangiz - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi

Ergashova Baxora Sayfillo qizi - O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati)

Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi - Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Obidova Hilola Ilhomjon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Beton sanoat» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o`rinbosari

Ilmatova Rinata Rinatovna - Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti

Mirzaeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Isomadinova Go`zal Zaxriddin qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Yo`ldosheva Nargiza Daston qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi - Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o`quvchisi

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi

Yusupova Indira Rustamovna - Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Abdullaeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Tuliboeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko`zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o`quvchisi

    Boshqa yangiliklar