AsosiyDunyo

Ertaga Erni kuchli magnit bo`roni qoplaydi

'Ertaga Erni kuchli magnit bo`roni qoplaydi'ning rasmi

Erni 6 va 7 mart kunlari kuchli magnit bo`ronlari qoplaydi. Bu haqda sun`iy yo`ldosh tizimlari va dunyo bo`ylab ilmiy xalqaro meteorologiya laboratoriyalari ma`lumotlaridan foydalangan holda onlayn prognozni amalga oshiruvchi Meteoagent xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 6 mart kuni K-indeksida 6 darajada magnit bo`roni bo`lishi kutilmoqda, 7 mart kuni esa bu ko`rsatkich 4 darajani tashkil qiladi. 19 va 26 mart kuni ham kuchli geomagnit to`lqini kuzatiladi. Bu kunlar hatto sog`lom odamlar ham salomatligidagi o`zgarishlardan shikoyat qiladi. Jumladan, bosh og`rig`i, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o`zini yomon his qiladi.

Magnit bo`ronining salomatlikka ta`siri

Magnit bo`ronlari hatto o`rta kuchga ega bo`lsa ham inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Magnit bo`ronining salbiy ta`sirining eng keng tarqalgan ko`rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og`rig`i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog`liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og`riqlar, shuningdek, bo`g`imlardagi og`riq;
  • ishtaha buzilishi va ko`ngil aynish;
  • holsizlik hissi.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog`li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o`simliklardan tayyorlangan choy iste`mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo`roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo`shadi.

    Boshqa yangiliklar