AsosiyJamiyat

Toshkentda 10 martdan isitish tizimi o`chirilishi rejalashtirilmoqda

'Toshkentda 10 martdan isitish tizimi o`chirilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko`ra, isitish davri tashqi havoning o`rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo`lgan 5 kunlik davr tamom bo`lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo`lganda esa tamomlanishi kerak.

Shundan kelib chiqib, mart oyidan havo harorati isigani va o`rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo`layotganligini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganligi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar