AsosiyJamiyat

Baxtiyor Rahmonov Ortiqxo`jaevning qarorini bekor qildi

'Baxtiyor Rahmonov Ortiqxo`jaevning qarorini bekor qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning Yashnobod tumani hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo`llash haqidagi qarorini bekor qildi.

Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmankulovga nisbatan qo`llanilgan hayfsan intizomiy jazosichorasiga oid farmoyishi 2022 yil 4 noyabr kuni imzolangan edi.

Baxtiyor Rahmonov 28 fevral kuni Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan ushbu intizomiy jazoni bekor qilgan.

Mazkur moddaga ko`ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo`llanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. Agar ushbu muddat davomida xodim yana jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.

Intizomiy jazo qo`llagan ish beruvchi uni yil tugagunga qadar o`z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbarining iltimosiga binoan olib tashlashga haqli.

    Boshqa yangiliklar