Namangan viloyati Chortoq tumanida 14 fevral kuni 25 yoshli yigit 36 yoshli qarindoshini mushtlab o`ldirib qo`ydi.
Ma`lum bo`lishicha, tumandagi tamaddixonalardan birida yigit qarindoshi bilan tortishib qolgan va jahl ustida uning jag`iga bir marta musht tushirgan.
Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay u shifoxonada vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizasi ma`lumotiga ko`ra, marhumga o`tkir yurak qon tomiri va nafas etishmovchiligi, miya va o`pka shishishi tashxisi qo`yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaroga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va qamoqqa olingan.






