Samarqand xalqaro aeroportida odam savdosi jinoyatining oldi olindi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 29 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Ishtixon tumanida yashovchi 35-40 yoshlardagi ayol o`zining jinoiy sherigi bilan moddiy manfaat evaziga fohishalik bilan shug`ullanishi uchun BAAning Dubay shahriga yuborayotganligini ma`lum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur arizaga asosan tezkor tadbir o`tkazildi. Unda ushbu ayol 29 yoshli juvondan 5.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida aeroport chegara hududida ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.






