O`zgidromet 8 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechas 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha etishi, chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida 22-25 m/s gacha etishi, chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.






