AsosiyJamiyat

Endi oliy ta`lim tashkilotlariga akademik erkinlik beriladi

'Endi oliy ta`lim tashkilotlariga akademik erkinlik beriladi'ning rasmi

Yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi loyihasida fuqarolar davlat ta`lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma`lumot olishga haqli ekani haqida modda kiritilmoqda. Bundan tashqari, endi Oliy ta`lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o`zini o`zi boshqarish, tadqiqotlar o`tkazish va o`qitish erkinligi huquqiga ega.

Oddiy fuqaro ish qidirganda deyarli 90% takliflarda oliy ta`limga ega bo`lishi kerakligi haqidagi shart bilan to`qnash keladi. Bu degani hozirgi sharoitlarda oliy ta`lim mavjudligi “dunyoga, farovonlikka ruxsatnoma”ga aylanmoqda.

Ya`ni oliy ta`lim diplomiga ega bo`lgan fuqaro ko`p haq to`lanadigan ishga kirishi, karera qilishi va davlat hamda jamiyatga ko`proq foyda keltirishi mumkin. 

Yana bir muhim jihatga e`tibor qaratish joiz: oliy ta`limga ega bo`lgan inson bilan oliy ta`lim olmagan insonning dunyoqarashi o`rtasida ham katta farq bo`ladi. Shuning uchun ham yoshlarni ko`proq oliy ta`lim bilan qamrab olish umumiy savodxonlik darajasining ko`tarilishiga ham hissa qo`shadi.

Aholining keng qatlamlarini oliy ta`lim bilan qamrab olish masalasi Prezidentimiz tomonidan BMT minbarida ham ko`tarilgan va 2030 yilgacha O`zbekistonda 50% yosh aholi oliy ma`lumotga ega bo`lishi rejalashtirilgan.

Shu sababli oliy ta`limni olish huquqi Konstitusiya darajasigacha oshirilmoqda.

Hamma ham kontraktda katta pul to`lab o`qiy olmasligi mumkin. Shu sababli Konstitusiyada tanlov asosida davlat byudjeti hisobidan o`qish imkoniyati qat`iy mustahkamlanmoqda.

Bundan tashqari, oliy ta`lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o`zini o`zi boshqarish, tadqiqotlar o`tkazish va o`qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Nodavlat oliy ta`lim muassasalari ochilmoqda, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, olis hududlarda ham universitet filiallari tashkil etilmoqda, davlat oliy o`quv yurtlariga tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilmoqda.

Demak, oliy ta`lim tashkilotlari o`z faoliyatining asosiy yo`nalishlarini amalga oshirish erkinligi, ta`lim yo`nalishining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ta`lim tartibini belgilash bo`yicha qarorlar qabul qilishda mustaqil bo`lish huquqlari konstitusiyaviy norma darajasida mustahkamlanmoqda. Bu davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari oliy ta`lim muassasalarida o`qishni olib borish uchun shartlar va ko`rsatmalar bera olmasligini kafolatlaydi.

Bugungi kunga qadar O`zbekistondagi 40 dan ortiq davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilgan va bu boradagi ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar