Chexiya polisiyasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning xalqaro sanksiyalar ostida muzlatilgan mulkining bir qismi bo`lgan nasldor ayg`irning o`g`irlanishi bo`yicha tergov olib bormoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, otxonadan taxminan 17 ming evro turadigan Zazu laqabli o`n olti yoshli zotdor ingliz oti g`oyib bo`lgan. Huquq-tartibot xodimlari aholidan qidiruv ishlariga yordam berishni so`ragan.
OAVning yozishicha, Qodirov otni 2012 yilda sotib olgan. Zazu 36 ta poygada qatnashib, to`qqiz marta g`alaba qozongan va 1,2 million evrodan ortiq daromad keltirgan.