AsosiyJamiyat

8 mart kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'8 mart kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm vilyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gasa kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar