13 mart kuni tongda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqori martabali mehmon I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.






