XXR Raisi Si Szinpin keyingi haftada Moskvaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib "Zamon.uz" xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko`ra, safari davomida u Vladimir Putin bilan uchrashadi.
2022 yil 30 dekabrida Rossiya va Xitoy etakchilari videoaloqa orqali muzokaralar o`tkazgandi. Muloqot davomida Vladimir Putin xitoylik hamkasbini bahorda Moskvaga taklif qilgandi.
Kremlda Si Szinpin tashrifi haqidagi savolga javob berishmagan






