Bugun Turkiyada uchta zilzila qayd etildi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.
Turkiya sharqidagi Malatya proviniyasida 4,5 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (AFAD) saytida ma`lum qilindi.
Zilzilalar 05:13 da 8 km chuqurlikda qayd etilgan.
Bungacha soat 04:34 da 4,7 magnitudali, 10 km chuqurlikdagi zilzila qayd etilgan edi.
Ikkala holatda ham zilzila episentri Pyuturge tumanida bo`lgan.
Bundan tashqari, Turkiya janubidagi Xatay provinsiyasida 4,4 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Turkiya hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (AFAD) ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri Xassa provinsiyasida bo`lgan.
13.03.2023 18:19
Turkiyada ketma-ket uchta zilzila sodir bo`ldi
