AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Surxondaryoda chegarachilar bilan ko`rishdi

'Shavkat Mirziyoev Surxondaryoda chegarachilar bilan ko`rishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.

Ma`muriy binodagi sharoitlar, chegarani qo`riqlashda qo`llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko`zdan kechirildi. Davlat chegarasini qo`riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati ta`kidlandi.

Davlatimiz rahbari O`zbekiston - Afg`oniston chegarasini qo`riqlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizda qo`shinlarning jangovar shayligini oshirish bilan birga harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarini ijtimoiy himoyalashga katta e`tibor qaratilmoqda. Ushbu vzvod yonida ham shinam xonadonlar barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari shunday xonadonlardan birida mehmon bo`ldi. Harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bilan suhbatlashdi.

- Vatanimiz himoyachilarining o`z vazifalarini xotirjam bajarishi, farzandlar tarbiyasi sizlarga bog`liq. Turmush o`rtoqlaringizga madadkor bo`lib, katta jasorat ko`rsatayapsiz. Sizlar ham Vatan himoyachisizlar, - dedi Shavkat Mirziyoev harbiylarning rafiqalariga.

Hovlida o`yingohlar, sport maydonchalari, ayollar uchun tikuvchilik va qandolatchilik xonasi tashkil qilingan. Bolalarni maktab va bog`chaga eltish uchun avtobus yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar