AsosiyJamiyat

"O`zimizning hokisor o`zbek onasi kelib, uning bolasini qutqarishimizni so`rab yig`ladi, yalindi. Ammo bizning qo`limizdan hech narsa kelmadi..."

'"O`zimizning hokisor o`zbek onasi kelib, uning bolasini qutqarishimizni so`rab yig`ladi, yalindi. Ammo bizning qo`limizdan hech narsa kelmadi..."'ning rasmi

Xabaringiz bor, Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo`ldi. 
Ushbu mudhish xabar butun dunyoda tarqalgach hech kim shunchaki qarab turmadi. Qaysidir davlat moddiy yordam bersa, vayrona uylar tagidan insonlar hayotini saqlab qolish uchun qutqaruvchilar jamoasini yuborgan davlatlar ham ko`p bo`ldi. Albatta, ular qatorida O`zbekiston ham chetda turgani yo`q. Xalqimiz va davlat tomonidan ko`plab gumanitar yordamlar yuborish bilan bir katorda  Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan  qutqaruvchilardan tashkil topgan maxsus guruhlar ham turkiyaliklarga yordam berdi. 
18 kun davomida 20 nafarga yaqin insonlar hayotini qutqargan va 200 dan ziyod o`lik tanalarni yaqinlariga topishda yordam bergan FVV qutqaruvchilaridan biri Valijon Abduqodirov bilan suhbatlashdik. Qidiruv-qutqaruv otryadi, guruh komandiri,  birinchi darajali serjant bizga Turkiyadagi asl holat, insonlarning naqadar chorasizlikda qolgani va bizning qutqaruvchilar ish olib borishda qanday yo`sinda ish olib borgani haqida so`zlab berdi.

Valijon Abduqodirov, Qidiruv-qutqaruv otryadi, guruh komandiri,  birinchi darajali serjant:

— Biz qutqaruv ishlari olib borgan erlarda turklan bilan birga o`zimizning o`zbeklar ham ko`p ekan. Ular ona tilini va hatto, shevasini yukotishmagan.

Navbatdagi qutkaruv ishlarini olib borish jarayonida bizni o`zbek ekanimizni bilan ayol kelib, boshqa bir vayronani tagida o`g`li va onasini qutqarishga yordam so`radi. Usha paytdagi holatimni so`z bilan aytib berolmayman. Bechora ona  o`zimning yurtimdan kelishdi, deb umid ko`zlari bilan boqishini ko`rsangiz edi.

Ammo biz boshlab qo`ygan ishimizni tashlab ham ketolmasdik. Shuning uchun usha paytda ishlayotgan qutkaruv guruhini ikkiga ajratib, ayol aytgan ob`ektga bordik. Ming afsuski, tirik odam chiqmadi. Ayolning onasi va bolasining murdasini topib topshirdik.

Bilasizmi, qanchalik og`ir bo`lmasin odamlar, zilziladan keyin bino tagida qolgan yaqinlarining murdasini olishsa ham mingdan ming rozi bo`lishdi...

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar