AsosiyDunyo

Amerikaning eng yaxshi uchuvchisi Ukraina uchun jang qilishga rozi bo`ldi

'Amerikaning eng yaxshi uchuvchisi Ukraina uchun jang qilishga rozi bo`ldi'ning rasmi

Amerikaning eng yaxshi uchuvchisi Ukraina uchun jang qilishga rozi bo`ldi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Ma`lum qilinishicha, Den Xempton hayoti davomida 151 marta harbiy parvozni amalga oshirgan. Amerikaning Fors ko`rfazi, Kosovo va Iroqdagi urushlarida qatnashgan. 

Xemptom Ukrainaga xususiy harbiy uchuvchilarni olib kelishni taklif qildi va u ilk ko`ngillilardan biri bo`ldi.

Uning fikricha, bu — ukrainalik uchuvchilarni o`quv dasturlariga yuborishdan ko`ra tezroq echim.

Ukraina so`nggi paytlarda AQShdan F-16 qiruvchi samolyotlarini so`ramoqda. Vashington hozircha bunga rozi bo`lmagan. Amerika Prezidenti Jozef Baydenning so`zlariga ko`ra, nizoning hozirgi bosqichida Kievga samolyot berish maqsadga muvofiq emas.

    Boshqa yangiliklar